Advokatura turi

Advokatlik Firmasi

Telefon

+998 71 200 25 05

Biz haqimizda

Nima uchun My Lawyer?

Muvaffaqiyatli biznes yuritishni professional yuridik va buxgalterlik xizmatlarisiz amalda tasavvur etish qiyin. Malakali mutahassislarning firmani ro‘yxatdan o‘tkazish, biznes faoliyatini yuritish, soliqqa tortish, mehnat munosabatlari hamda suddagi nizolar yuzasidan huquqiy ko‘magi biznesingizning muvaffaqiyati va taraqqiyoti garovidir.

"My Lawyer" advokatlik firmasi mutaxassislari sizga aynan shunday huquqiy ko‘makni ta’minlab beradi hamda biznesingizning rivoji, muvaffaqiyati va taraqqiyoti uchun kerak bo‘lgan keng turdagi yuridik xizmatlarini taklif etadi.

Xizmatlarimizning yuqori standart darajasi, har qanday masalani hal qilishda malakali yondashuvimiz va xodimlarimiz malakasining doimiy ravishda oshirilishi, shu jumladan zamonaviy innovasiyalar va kasbdoshlarimizning halqaro maydondagi tajribasini qo‘llanilishi mijozlarimizga mahalliy (lokal), transchegaraviy va jahon miqyosida samarali raqobatni amalga oshirish uchun professional yordam ko‘rsatish imkoniyatini beradi.

"My Lawyer" advokatlik firmasi O‘zbekistonning yuridik xizmatlar sohasida jadal va muvaffaqiyatli rivojlanib kelayotgan advokatlik tuzilmalaridan biri hisoblanadi.

Firma faqat tadbirkorlik sohasida yuridik xizmatlar ko‘rsatishga ihtisoslashgan. Firmaning faoliyati davomida firma xodimlari o‘zlarini biznes konsalting, sudda vakillik, korporativ va biznes xuquq, hamda intellektual mulkni himoya qilish sohalarida eng yaxshi mutahassislardan biri sifatida namoyon qilishga muyassar bo‘lishdi.

"My Lawyer" advokatlik firmasining o‘ziga xosligi firma professional auditorlar, iqtisodchilar, moliyaviy muttaxassislar, analitiklar, maslahatchilar, baholovchilar va buxgalterlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritishidadir.

 

Ijtimoiy tarmoq
Location

25 проспект Амира Темура, Ташкент, Узбекистан