Telefon
+998 98 307 08 78
+998 98 307 08 78
Virtus leo – huquqning barcha sohalari bo‘yicha yuridik yordam, uzluksiz sud amaliyoti, ishga individual va mas’uliyatli yondashuv. Biz uchun barcha ishlar muhimdir, barcha imkoniyatlarni safarbarlashni va kasbiy maxoratni talab qiladi!
Advokatlik firmasi xodimlari Mijozlar ularning oldiga qo‘ygan har bir ish va maslaga ma’suliyat bilan yondoshadi. Firma faoliyati mijozlarning manfaatlarini, huquq va erkinliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida keng qamrovli himoya qilishga yo‘naltirilgan.
Advokatlik firmasining moddiy-texnik bazasi yaxshilanib bormoqda, zamonaviy talablarga javob beradi va bu esa, o‘z navbatida, firma xodimlariga keng qamrovli masalalarni hal etishda, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida habardor bo‘lishga katta imkon yaratadi. Jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik sudlarining turli instansiyalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarimizning borligi firmaga ixtiyoriy qiyinchilikdagi loyihalarni yuridik jihatdan samarali qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.
Firma xodimlari faoliyatlari davomida qiyin masaladagi yuridik muammolarni yechish qobilyatlarini bir necha bor isbot qilishgan.
Ishonchmiz komilki, mijozlarga xizmat ko‘rsatishdan tushgan mablag‘larga emas, balki, mijozlar bilan birgalikda rivojlanish katta istiqbol va imkoniyatlarni ochadi; fuqarolik va xo‘jalik ishlarini yuritishda mijozlarning manfaatlari – barcha narsadan ustun; jinoyat ishlarida esa, firma advokatlariga ishonch bildirgan gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarning huquqlari va manfaatlarini qonunchilikda nazarda tutilgan barcha yo‘llar va vositalar bilan himoya qilinadi.
Toshkent shaxri, M. Ulugbek tumani, Okkurgan kochasi , 20-2